Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Rakitich: «Bu yil Chempionlar ligasida «Barselona»ning yili bo‘ladi»

Rakitich: «Bu yil Chempionlar ligasida «Barselona»ning yili bo‘ladi»

Baho:
+ | -

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Ivan Rakitich kataloniyaliklar joriy mavsum Chempionlar ligasida g‘olib chiqishiga ishonch bildirdi.

«Menimcha, bu yil Chempionlar ligasida «Barselona»ning yili bo‘ladi. Jamoada yoshlik ham, sifat ham bor», — deya Rakitichning so‘zlarini The Touchline keltiradi.

«Barselona» so‘nggi bor Chempionlar ligasini 2015 yilda qo‘lga kiritgan. O‘sha yili Berlinda o‘tgan finalda kataloniyaliklar «Yuventus»ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Ivan Rakitich uchrashuvda hisobni ochgan.

«Barselona» o‘z tarixida Chempionlar ligasi kubogini jami besh marta — 1992, 2006, 2009, 2011 va 2015 yillarda qo‘lga kiritgan.

O‘tgan mavsumda kataloniyaliklar Chempionlar ligasining chorak finaligacha yetib bordi va bu bosqichda «Atletiko»ga imkoniyatni boy berdi.

Kiritildi: 15:53, 09.09.2026.
O'qildi: 893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик