Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zolari bilan uchrashdi

Baho:
+ | -

Ayni kunlarda O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Milliy futbol markazida XX Osiyo o‘yinlari oldidan so‘nggi tayyorgarlik yig‘inlarini o‘tkazmoqda. Kecha O‘FA rahbariyati terma jamoamiz a’zolari bilan uchrashdi.

Suhbat davomida jamoa oldida turgan muhim musobaqa haqida fikr bildirilib, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ayollar futbolini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, terma jamoalarimizning xalqaro maydondagi ishtiroki hamda Osiyo o‘yinlarining futbolchilar uchun muhim tajriba maydoni ekani ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, vakillarimiz musobaqaning «G» guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Filippin, Xitoy hamda Gonkong terma jamoalariga qarshi bellashuvlarda maydonga tushadi. Jamoamiz turnirdagi ishtirokini 14 sentyabr kuni Filippinga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Manba: @FAUzbekistan
Kiritildi: 19:35, 09.09.2026.
O'qildi: 765 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик