MLS muntazam chempionati doirasida «Chikago Fayr» va «Inter Mayami» o‘zaro kuch sinashdi. Robert Levandovski va Lionel Messi jamoalari 1:1 hisobida durang o‘ynab, ochkolarni bo‘lishib oldi.
Uchrashuvda Myunxenning «Bavariya» klubi sobiq markaziy hujumchisi Robert Levandovski gol urdi. 38 yoshli futbolchi ketma-ket uchinchi o‘yinda raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Undan avval «Sietl» va «Toronto»ga qarshi uchrashuvlarda ham gol urgan edi.
Levandovski joriy mavsumda MLSda to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushdi. Hujumchi hisobida oltita gol va ikkita golli uzatma bor.













