«Kristal Pelas» yarim himoyachisi Adam Uorton «Nyukasl» qiziqishlari doirasiga tushdi.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, «Nyukasl» 22 yoshli futbolchi uchun kurashga qo‘shilgan va uni 2027 yilda xarid qilishga urinib ko‘rishi mumkin.
Manba ta’kidlashicha, agar «Kristal Pelas» muzokaralarga tayyor ekanini bildirsa, «Nyukasl» transfer bo‘yicha faol harakatlarni boshlashi mumkin. Bitim qiymati taxminan 87 mln yevroni tashkil etishi ehtimol qilinmoqda.
Avvalroq Uortonga «Chelsi», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», «Atletiko» va boshqa klublar ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.
Joriy mavsumda Uorton barcha musobaqalar doirasida 4 ta o‘yinda maydonga tushdi va natijador harakat qayd etmadi.













