«Real»ning sobiq himoyachisi David Alaba Meksikaning «Amerika» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi.
Jurnalist Matteo Moretto ma’lumotiga ko‘ra, «Amerika» 34 yoshli avstriyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Ayni paytda tomonlar o‘rtasida hech qanday kelishuv yoki rasmiy muzokaralar yo‘q.
Alaba «Real» safida 2021 yil yozidan buyon harakat qildi. U o‘tgan mavsum barcha musobaqalar doirasida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va natijador harakat qayd etmadi.
Avstriyalik himoyachi o‘tgan mavsum yakunlanganidan so‘ng «Real»ni erkin agent sifatida tark etdi.













