«Barselona» sport direktori Deku Pedri va Rafinya Diasning 2026 yilgi «Oltin to‘p» nomzodlari ro‘yxatiga kiritilmaganiga munosabat bildirdi.
«Men uchun ularning ro‘yxatda yo‘qligi — jahon miqyosidagi adolatsizlik. Afsuski, bunday holatlar bo‘lib turadi. Pedri kabi iste’dodli futbolchi qanday qilib ro‘yxatga kirmaganini tushunmayman», — dedi Deku El Món a RAC1 dasturida.
O‘tgan mavsumda Rafinya barcha musobaqalar doirasida 33 ta o‘yinda 21 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Pedri esa 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 12 ta assist qayd etdi.
«Barselona» Ispaniya chempionatining dastlabki 4 turidan so‘ng 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













