Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Deku: "Gordonning tezligi, harakatchanligi va jamoaviy o‘yindagi faolligi bizning talablarimizga mos keladi"

Deku: "Gordonning tezligi, harakatchanligi va jamoaviy o‘yindagi faolligi bizning talablarimizga mos keladi"

Baho:
+ | -

«Barselona» sport direktori Deku jamoa uchun Entoni Gordon Markus Reshforddan ko‘ra mosroq variant ekanini aytdi. 

"O‘tgan yili Rafinya bo‘lmagan paytlarda jamoada qiyinchiliklar sezildi, hatto energiyamiz pasaygandek tuyuldi. Shuning uchun bir qator qanot hujumchilarini tahlil qildik. Premyer-liga futbolchisini xarid qilish oson emas, ammo Flikka Entoni Gordonning uslubi ma’qul keldi va biz transfer ustida ishlay boshladik.

Entoni ham “Barselona”ga o‘tishni juda istadi va bu borada harakat qildi. Uning transferi uchun bozor qiymatiga mos mablag‘ to‘ladik.

Reshfordning ijaradan keyingi transferi borasida esa biz boshqa qaror qabul qildik. Har bir futbolchini tanlashda jamoaga qay darajada mos kelishini hisobga olamiz. Gordonning tezligi, harakatchanligi va jamoaviy o‘yindagi faolligi bizning talablarimizga mos keladi. Shuning uchun uni olib kelishga qaror qildik", — dedi Deku.

Ayni paytda Gordonning jamoadagi ishtiroki ham yuqori samara bermoqda. U La Liga mavsumining dastlabki uchrashuvlarida bir nechta golli uzatma amalga oshirib, «Barselona»ning yangi mavsumdagi eng sermahsul futbolchilaridan biriga aylandi.

Kiritildi: 16:43, 10.09.2026.
O'qildi: 777 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик