Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Ziyesh Braziliya klubiga o‘tdi

Ziyesh Braziliya klubiga o‘tdi

Baho:
+ | -

Marokashlik vinger Hakim Ziyesh «Botafogo» klubiga o‘tdi. Braziliya jamoasi 33 yoshli futbolchi bilan 2028 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.

Ziyesh o‘tgan mavsumni Marokashning «Vidad» klubida o‘tkazdi. U barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchi faoliyati davomida «Ayaks», «Chelsi», «Galatasaray», «Tvente» va «Al-Duhayl» kabi klublarda ham to‘p tepgan. Ziyesh «Chelsi» safida 2020/21 yilgi Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 20:10, 10.09.2026.
O'qildi: 1132 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик