"Milan" Kristian Pulishich bilan kelasi yil yozida yakuniga yetadigan shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti.
PianetaMilan.it xabariga ko‘ra, klub amaldagi kelishuvni yana bir yilga uzaytirish huquqiga ega. Shu bois "Milan" futbolchini tekinga yo‘qotish xavfi yo‘q, deb hisoblamoqda. Pulishichning kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror kelasi yil yozida qabul qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Pulishich 2023 yildan buyon "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda. U Italiya klubiga Angliyaning "Chelsi" jamoasidan kelib qo‘shilgan.
Shuningdek, Pulishich AQSH terma jamoasi safida so‘nggi jahon chempionatida ishtirok etdi va milliy jamoa bilan 1/8 finalgacha yetib bordi.













