Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

"Bavariya" Braziliyaga skautlar yubordi

"Bavariya" Braziliyaga skautlar yubordi

Baho:
+ | -

Braziliyalik hujumchi Kayo Jorje hamon "Bavariya" qiziqishlari doirasida qolmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Myunxen klubi "Kruzeyro" forvardining o‘yinlarini yaqindan kuzatish uchun o‘z skautlarini Braziliyaga yuborgan.

Joriy mavsumda Jorje mamlakat chempionatida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.

24 yoshli hujumchining "Kruzeyro" bilan shartnomasi 2030 yil dekabr oyi oxirigacha amal qiladi. Uning bozor qiymati 25 million yevroga baholanmoqda.

Kayo Jorje avval Yevropada "Yuventus" va "Frozinone" klublari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u Braziliya milliy terma jamoasi safida bir marta maydonga tushgan.

Kiritildi: 11:15, 11.09.2026.
O'qildi: 492 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик