"Manchester Yunayted" markaziy himoyachisi Lisandro Martines "Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager haqida fikr bildirdi.
Karrager argentinalik futbolchi "Manchester Yunayted"ga endigina kelgan paytda uning bo‘yi past ekanini ta’kidlab, Premyer-ligada muvaffaqiyat qozona olmasligini aytgan edi. Keyinchalik esa mersisaydliklarning sobiq himoyachisi bu gaplari uchun uzr so‘rab, adashganini tan olgan.
Payshanba kuni "Manchester Yunayted" Chempionlar ligasida "Sabah"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindan keyin Martines CBS Sports studiyasiga intervyu berdi. U yerda Jeymi Karrager, Mayka Richards va Tyerri Anri ekspert sifatida ishtirok etdi.
— Karragerning o‘yinlarini ko‘rganmisan? U senga qanday futbolchi bo‘lib ko‘rinadi? — deb so‘radi Richards.
— Futbolchi sifatidami? Yaxshi inson, — deb javob berdi Martines va studiyadagilarning kulgisiga sabab bo‘ldi.
— Bilamiz, sen bizning ko‘rsatuvimizni tomosha qilasan. Sevimli ekspertin kim? — deb yana so‘radi Richards.
— Javobni o‘zlaringiz bilasizlar. Tyerri Anri.
— Himoyachilar haqida-chi? Axir himoyachilar doim himoyachilarni kuzatishadi, — deya aniqlik kiritdi Karrager.
— Men yaxshi futbolchilarni kuzataman, — dedi Lisandro va studiyada yana qizg‘in reaksiyaga sabab bo‘ldi.
Martines "Sabah"ga qarshi o‘yinda "Manchester Yunayted"ning to‘rtinchi golini urdi.













