«Barselona» sport direktori Deku jamoaning chap qanot himoyachisi Alexandro Baldening vaziyatiga baho berdi.
Avvalroq bosh murabbiy Xans-Diter Flik 22 yoshli futbolchiga ishonch bildirmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«Balde? Hech narsa sodir bo‘lgani yo‘q, u bizning futbolchimiz. U 22 yoshda, kelajagi porloq va dunyoning eng yaxshi klubi bilan shartnomasi bor. U tarkibdan joy olish uchun raqobat qilishi kerak.
Balde jarohatlar bilan bog‘liq muammolarga duch keldi, ammo ikki yil avval u ajoyib o‘ynagan edi. Agar Balde yaxshi formada bo‘lsa, uni «Barselona» tarkibidan tashqarida qoldirish juda qiyin», — dedi Deku RAC1 efirida.
Transfermarkt portali Alexandro Baldening bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.













