Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves

La Liga «Real» va «Barselona»ning maosh limitlarini e’lon qildi

La Liga «Real» va «Barselona»ning maosh limitlarini e’lon qildi

Baho:
+ | -

La Liga klublarni moliyaviy barqarorlikni saqlashga majbur qilish maqsadida maoshlar limitini belgilaydi. Har bir klub uchun ushbu ko‘rsatkich uning moliyaviy holatidan kelib chiqib muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqiladi.

Maosh limiti — klub bir mavsum davomida futbolchilar va xodimlarga to‘lashi mumkin bo‘lgan eng yuqori umumiy summa. Ushbu cheklovdan oshib ketish yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ta’sir qiladi.

«Real» La Liga klublari orasida eng yuqori maosh limitiga ega. Madridliklar joriy mavsumda ish haqi uchun 832,79 million yevrogacha sarflashi mumkin. O‘tgan yili bu ko‘rsatkich 761,23 million yevro edi.

«Barselona» uchun belgilangan maosh limiti esa 582,77 million yevroni tashkil qildi. Kataloniya klubining moliyaviy imkoniyatlari ham sezilarli yaxshilangan: o‘tgan yili mart oyida limit 351,28 million yevro, sentyabrda esa 432,8 million yevro edi.

Ayni paytda eng past maosh limiti «Sevilya»ga tegishli — klub uchun belgilangan cheklov 20,16 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 11:43, 11.09.2026.
O'qildi: 976 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик