Italiyaning «Napoli» klubi yana mag‘lubiyatga uchradi. Bu safar jamoa Chempionlar ligasidagi dastlabki o‘yinida Londonning «Arsenal» klubiga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi.
Bu neapolliklarning joriy mavsumdagi to‘rtta rasmiy uchrashuvdagi uchinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Jamoa mamlakat chempionatida uchta va Chempionlar ligasida bitta o‘yin o‘tkazdi.
«Napoli» mavsumning dastlabki to‘rtta uchrashuvidan uchtasida so‘nggi bor 2000 yilda mag‘lub bo‘lgan edi. O‘sha mavsum yakunida klub turnir jadvalida so‘nggi o‘rindan bitta yuqori pog‘onada finish qilib, B Seriyaga tushib ketgan. Chempionlikni esa «Roma» qo‘lga kiritgan edi.
«Napoli» keyingi uchrashuvini «Bolonya»ga qarshi o‘tkazadi.













