Londonning «Chelsi» va Turinning «Yuventus» klublarida o‘ynagan sobiq futbolchi Xuan Kuadrado faoliyatini o‘z vatanida davom ettiradi. 38 yoshli yarim himoyachi «Milyonarios» safiga qo‘shildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yarim himoyachi jamoaga erkin agent sifatida qo‘shildi. Kuadradoning so‘nggi klubi Italiyaning «Piza» jamoasi bo‘lgan. Kolumbiyalik futbolchi ushbu klub safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.
Yevropada yarim himoyachi shuningdek «Fiorentina», «Lechche», «Inter», «Atalanta» va «Udineze» klublarida ham to‘p tepgan.
Kolumbiya terma jamoasi safida Xuan Kuadrado 116 ta uchrashuvda ishtirok etib, 11 ta gol urgan.













