«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoa himoyachilaridan biriga ishonch bildirmayapti. Goal ispanlarning Sport nashriga tayanib xabar berishicha, Alexandro Balde Flikning rejalariga kiritilmagan.
Manbaga ko‘ra, chap qanot himoyachisi pozisiyasida Flik Jerar Martin va Joau Kanseluga tayanadi.
Yozgi transfer oynasining so‘nggi kunlarida 22 yoshli Baldega «Manchester Yunayted» qiziqish bildirgan, ammo transfer amalga oshmagan.
2026/27 mavsumda Alexandro Balde hozircha maydonga tushmadi. Himoyachi 4 ta holatda zaxirada to‘liq 90 daqiqa qoldi, yana bir uchrashuvda esa qaydnomaga kiritilmadi.
Transfermarkt portali Baldening qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.













