«Manchester Yunayted» hujumchisi Benyamin Sheshko Chempionlar Ligasi doirasida «Sabah» ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi. Sloveniyalik futbolchi uchrashuvning 45-daqiqasida gol urib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shuningdek, Mateus Kunya, Brunu Fernandesh va Lisandro Martines ham o‘z nomiga gol yozdirdi.
«Barcha uchun, ayniqsa muxlislarimiz uchun ideal o‘yin bo‘ldi. G‘alaba qozonib, ko‘p gol urganimiz muhim. Albatta, bunday o‘yin dam olish kunlari oldidan bizga ishonch bag‘ishlaydi. Endi tiklanib, derbiga tayyorgarlikka e’tibor qaratishimiz kerak», — dedi Sheshko.
13 sentyabr, yakshanba kuni «qizil iblislar» Premyer-liga doirasida o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qiladi.













