«Atletiko Paranaense» markaziy himoyachisi Artur Dias faoliyatini «Tottenxem»da davom ettirishi mumkin.
GeGlobo xabariga ko‘ra, «shporlar» 19 yoshli futbolchi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash niyatida. Bunga braziliyalik klubning Diasni 21 million yevroga sotishdan bosh tortishi sabab bo‘lgan. «Atletiko Paranaense» himoyachi uchun 30 million yevro talab qilmoqda.
Dias 2026 yilda barcha musobaqalarni hisobga olganda 30 ta uchrashuvda maydonga tushgan, ammo natijaviy harakatlari bilan ajralib turmagan.
Himoyachining klub bilan shartnomasi 2028 yil oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining qiymatini 3 million yevroga baholamoqda.













