«Tottenxem» hujumchisi Risharlison London klubi bilan shartnomasini bekor qilish maqsadida sudga murojaat qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Avvalroq braziliyalik futbolchi «Tottenxem»ning 2026/27 yilgi Angliya Premyer-ligasi uchun qaydnomasiga kiritilmagan edi.
Manbaga ko‘ra, Risharlisonning o‘zi klub rahbariyatiga jamoani tark etish istagini bildirgan. Shundan so‘ng «Tottenxem» uni mavsum uchun qaydnomaga kiritmagan. Biroq hujumchiga yangi klub topishning iloji bo‘lmagan.
Ayni paytda 29 yoshli futbolchi va uning vakillari «Tottenxem» bilan amaldagi shartnomaning qolgan qismini bekor qilish uchun sudga da’vo kiritish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Risharlison 2022 yil yozidan buyon «Tottenxem» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil iyun oyigacha amal qiladi.
O‘tgan mavsumda hujumchi barcha musobaqalar hisobida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Risharlisonning bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.













