Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya

Arteta «Oltin to‘p»ga nomzod bo‘lgan «Arsenal» futbolchilari haqida fikr bildirdi

Arteta «Oltin to‘p»ga nomzod bo‘lgan «Arsenal» futbolchilari haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining bir qator futbolchilari «Oltin to‘p» uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilganiga munosabat bildirdi.

Mukofotga da’vogarlar orasida «kanonirlar»ning uch futbolchisi — Gabriel, Deklan Rays va Vilyam Saliba bor.

«Bu klub ayni paytda qanday darajada ekanini va qanchalik yaxshi natijalar ko‘rsatayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, bu bizning o‘yinimizdagi barqarorlikdan ham dalolat beradi.

Individual sovrinlar jamoa birgalikda ajoyib ishni amalga oshirganidan keyin keladi. Buni ko‘rish juda yoqimli.

Eng yaxshi murabbiy sovriniga nomzodligim? Bu menga bog‘liq emas, ammo, albatta, nomzodlar qatorida bo‘lish men uchun katta sharaf», — dedi Arteta matbuot anjumanida.

O‘tgan mavsumda «Arsenal» 2004 yildan beri ilk bor Angliya chempioni bo‘ldi.

Kiritildi: 18:44, 11.09.2026.
O'qildi: 720 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик