Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 1-0 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

Kerrik Reshfordning formasiga baho berdi

Kerrik Reshfordning formasiga baho berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik jamoa hujumchisi Markus Reshford haqida fikr bildirdi. Yozda futbolchi «Barselona»dagi ijara davridan so‘ng o‘z klubiga qaytgan edi.

«Reshforddan ko‘p jihatdan juda mamnunman. Yakshanba kuni u raqib uchun haqiqiy xavf tug‘dirdi. U yanada ko‘proq natijaga erisha olmagani afsuslanarli, ammo maydonda chindan ham juda xavfli edi.

Bu haqda yana nima qo‘shimcha qilish mumkinligini bilmayman — uning biz bilan ekanidan shunchaki xursandman. Hujum chizig‘ida yaxshi variantlarimiz bor va barcha futbolchilarning tetik holatda qolishiga harakat qilyapmiz», — dedi Karrik matbuot anjumanida.

13 sentyabr, yakshanba kuni «Manchester Yunayted» o‘z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 18:50, 11.09.2026.
O'qildi: 1498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик