Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» Stankovichga qiziqqan

«Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» Stankovichga qiziqqan

Baho:
+ | -

Serbiyalik yarim himoyachi Aleksandar Stankovich faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin edi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 21 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga APLning bir qator klublari qiziqish bildirgan. Ular orasida «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» bor.

Biroq Stankovich Belgiyaning «Bryugge» klubidan Milanning «Inter» jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Transfer qiymati 23 million yevroni tashkil qildi.

Serbiyalik futbolchi «neradzurri» bilan 2031 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.

Joriy mavsumda Stankovich Italiya chempionatida bitta o‘yinda maydonga tushdi.

Kiritildi: 11:39, 12.09.2026.
O'qildi: 923 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик