«Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamara yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida «Chelsi»ga amalga oshmay qolgan o‘tishi haqida fikr bildirdi.
«Ketishni istaymanmi? Hozir bu haqda gapirish vaqti emas. Klubni tark etishim mumkin edi, ammo so‘nggi daqiqada bu amalga oshmadi. Bu futbolning bir qismi.
Men bu sahifani tezda yopdim va hozir butun e’tiborimni «Monako» bilan mavsumga qaratganman. Bu mavzu haqida mavsum yakunlanganidan keyin gaplashamiz», — dedi Kamara matbuot anjumanida.
Joriy mavsumda 22 yoshli senegallik futbolchi barcha musobaqalar hisobida 5 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Kamaraning «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyigacha mo‘ljallangan.













