Kirish Ro'yxatdan o'tish

Manchini Parijga maxsus vazifa bilan tashrif buyuradi

Manchini Parijga maxsus vazifa bilan tashrif buyuradi

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Parijga maxsus vazifa bilan boradi. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Skuadra Adzurra» bosh murabbiyi Fransiya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan «Parij» va «Lion» o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qiladi. U Milliy jamoaning Millatlar ligasidagi bo‘lajak o‘yinlariga chaqirilishi mumkin bo‘lgan vinger Luka Koleosho va himoyachi Diyego Koppolaning o‘yinini kuzatmoqchi.

Italiya terma jamoasi guruh bosqichining birinchi turida Belgiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 25 sentyabr, juma kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 14:30, 12.09.2026.
O'qildi: 718 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик