Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Mbappe paragvaylik senatorning rasistik bayonotlariga javob berdi: «Muhim lavozimlarda mutlaqo layoqatsiz odamlar o‘tiribdi»

Mbappe paragvaylik senatorning rasistik bayonotlariga javob berdi: «Muhim lavozimlarda mutlaqo layoqatsiz odamlar o‘tiribdi»

Baho:
+ | -5

«Real» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe paragvaylik senator Selesta Amarilyaning o‘ziga nisbatan bildirgan rasistik fikrlariga munosabat bildirdi.

Avvalroq Paragvay terma jamoasining Jahon chempionati-2026 1/8 finalida Fransiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng siyosatchi futbolchi haqida keskin fikr bildirgan edi.

Mbappe bu bayonotga javob qaytarib, Amarilyani o‘z lavozimiga noloyiq deb atagan va uni rasizmda ayblagan. Amarilya esa futbolchining bayonotini gender zo‘ravonligi deb baholagan.

«Bunday odamlarning shunday fikrlarni bildirishayotganini ko‘rganingizda... Meni Paragvay hukumati qo‘llab-quvvatladi. Men bilan muloqot qilgan prezident Emmanuel Makron hamda tegishli barcha davlat idoralari ham meni qo‘llab-quvvatladi.

Biz Mishel Platinining hamma narsani qanday bo‘lsa, shunday qabul qilishimiz kerakligi haqidagi so‘zlarini muhokama qildik. Ammo men bunday yondashuvni qabul qilmayman. Va men 2026 yilda muhim lavozimlarda mutlaqo layoqatsiz odamlar o‘tirganini ochiq aytaman. Biz bunga qarshi kurashish uchun doimo kuch va g‘ayrat topamiz», — dedi Mbappe.

Kiritildi: 14:50, 12.09.2026.
O'qildi: 917 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик