Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/09 19:00 Lokomotiv 3-0 Mash’al
11/09 19:00 Buxoro 1-4 Navbahor
11/09 23:45 Venetsiya 2-4 Fiorentina
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol

Deklan Rays «Arsenal» safida mavsumda 60 dan ortiq o‘yin o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

Deklan Rays «Arsenal» safida mavsumda 60 dan ortiq o‘yin o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays joriy mavsumda jamoa safida 60 dan ortiq o‘yin o‘tkazishga tayyorligini aytdi.

«So‘nggi olti mavsum davomida, hatto «Vest Xem»da o‘ynagan va yevrokuboklarda ishtirok etgan paytlarimda ham, bir mavsumda 60 tadan ortiq o‘yin o‘tkazganman. Shuning uchun buni amalga oshirish mumkin, deb o‘ylayman, chunki bunga qodir ekanimni allaqachon isbotlaganman. Faqat shu daraja va o‘yindagi barqarorlikni saqlab qolish kerak.

Men uchun eng muhimi — har hafta maydonga chiqish, yaxshi o‘yin ko‘rsatish va jamoaga g‘alaba qozonishda yordam berish. Buni amalga oshira olayotganimdan xursandman. Shuning uchun bu mavsumda ham buni yana bir bor isbotlashni juda xohlayman», — dedi Rays The Guardian nashriga.

APLning uch turidan so‘ng «Arsenal» 9 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 15:16, 12.09.2026.
O'qildi: 630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик