Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 3-0 Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor 3-1 Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro 3-2 Andijon
09/10 19:30 Nasaf 2-1 Dinamo
10/10 00:00 Malaga - Espanyol
10/10 16:30 Arsenal - Lids
10/10 17:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon
10/10 19:00 Aston Villa - Brentford
10/10 19:00 Chelsi - Bornmut
10/10 19:00 Ipsvich - Fulhem
10/10 19:00 Sanderlend - Brayton
10/10 19:15 Alaves - Atletiko
10/10 21:30 Man. Yunayted - Tottenhem
10/10 21:30 Barselona - Xetafe
11/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK - Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona - Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya

Zidan Fransiya terma jamoasi uchun A Seriyadan ikki futbolchini kuzatmoqda

Zidan Fransiya terma jamoasi uchun A Seriyadan ikki futbolchini kuzatmoqda

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Italiya A Seriyasi futbolchilarini diqqat bilan kuzatmoqda.

Fransiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassis "Komo" sardori Lukas Da Kunya va "Inter" vingeri Andi Diufni terma jamoaga nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Zidan AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilgan JCH-2026da Fransiya terma jamoasi 4-o‘rinni egallaganidan keyin Didye Desham o‘rnini egalladi.

Uning Fransiya terma jamoasidagi debyuti 25 sentyabr kuni Millatlar ligasida Turkiyaga qarshi uchrashuvda bo‘ladi. 28 sentyabr kuni esa fransuzlar Belgiya bilan bahs olib boradi.

25 yoshli Da Kunya dastlabki kengaytirilgan ro‘yxatga kiritilgan. U avval Fransiya U-19 terma jamoasida o‘ynagan, shuningdek, Fransiya va Portugaliya fuqaroligiga ega.

Futbolchi 2023 yil yanvaridan buyon "Komo" sharafini himoya qilib kelmoqda va klub bilan birga B Seriyadan Chempionlar ligasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

Zidan kuzatayotgan yana bir futbolchi — 23 yoshli Andi Diuf. U "Inter"dagi birinchi mavsumida qiyinchiliklarga duch kelgan bo‘lsa-da, joriy mavsumda o‘ng qanotda yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda.

Diuf 2024 yilgi Olimpiadada Fransiya terma jamoasi safida 2 ta o‘yin o‘tkazgan, shuningdek, mamlakatning bir nechta yoshlar terma jamoalarida ham to‘p surgan.

Fransiyaning dastlabki ro‘yxatida taxminan 50 nafar futbolchi bor. Shu bois Da Kunya va Diufning Millatlar ligasi o‘yinlariga yakuniy tarkibdan joy olishi hozircha kafolatlanmagan.

Kiritildi: 23:59, 12.09.2026.
O'qildi: 1498 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик