«Barselona» 24 yoshli ispaniyalik himoyachi Jerar Martin bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, klubdagilar futbolchining Xans-Diter Flik qo‘l ostida ko‘rsatayotgan o‘sishidan mamnun va uni jamoa safida uzoq muddat saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Martinning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ayni paytda tomonlar yaxshilangan shartlarni o‘z ichiga olgan yangi uzoq muddatli kelishuvni muhokama qilmoqda.
Qayd etilishicha, himoyachining amaldagi shartnomasida tovon puli miqdori 100 million yevro etib belgilangan.













