Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon

Mourinyo Diomandega bildirilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi

Mourinyo Diomandega bildirilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo 19 yoshli kot-d’ivuarlik hujumchi Yan Diomandening o‘yiniga baho berdi.

Futbolchi yozda «Leypsig»dan bonuslarni hisobga olganda 140 million yevro evaziga madridliklar safiga o‘tgan edi. U «Real» tarkibida o‘tkazgan dastlabki 6 ta uchrashuvida hali gol yoki golli uzatma qayd etmadi.

«U rivojlanishda davom etadi. U hali yuqori darajada uzoq vaqtdan beri o‘ynayotgan futbolchi emas va taktik jihatdan hali ko‘p narsani o‘rganishi kerak.

Ammo unda aql bovar qilmas salohiyat bor: birga-bir vaziyatlarda, uzatmalarda, zarbalarda... U bizga juda ko‘p variantlar beradi.

U Vinining — Vinisiusning pozisiyasida ham, o‘ng qanotda ham o‘ynay oladi. U yerda Arda Gyuler ham harakat qilishi mumkin. Shuningdek, Diomande Bellingemning pozisiyasida ham o‘ynay oladi.

Hozir men unga rivojlanishda yordam bermoqchiman», — dedi Mourinyo.

Avvalroq «Real» o‘z maydonida «Rayo Valyekano»ni 4:1 hisobida mag‘lub etgandi. Diomande ushbu uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 72 daqiqa maydonda harakat qildi. Shundan so‘ng uning o‘rniga Arda Gyuler maydonga tushdi.

Kiritildi: 13:43, 13.09.2026.
O'qildi: 1616 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик