Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo
10/10 18:00 Qizilqum - Surxon

Morata: "Fabregas ajoyib murabbiy"

Morata: "Fabregas ajoyib murabbiy"

Baho:
+2 | -

«Komo»ning sobiq hujumchisi, hozir «Leganes» safida o‘ynayotgan Alvaro Morata Fransesk Fabregas yuqori darajadagi klubni boshqarishga tayyor ekanini aytdi.

«Fabregas bilan ko‘p gaplashdik. Mening vaziyatimda klubda qolish to‘g‘ri emasdek tuyuldi. O‘tgan mavsumni yaxshi boshlagan edim, ammo jarohat oldim. U juda jiddiy edi, faoliyatim davomida bunday jarohatga hech qachon duch kelmaganman.

U ajoyib murabbiy. Fabregas jahon futbolidagi istalgan top-klubda ishlashga allaqachon to‘liq tayyor, deb o‘ylayman. Shuning uchun u «Komo»da xohlaganicha qolishi mumkin.

Men Fabregasni juda aqlli inson deb bilaman. U Konte, Mourinyu va Gvardioladan ko‘p narsa o‘rgandi.

Menimcha, u ularning har biridan nimadir o‘zlashtirgan. Men unga faqat uzoqdan turib omad tilashim va men uchun qilgan barcha ishlari uchun, avvalgidek, minnatdorchilik bildirishim mumkin», — dedi Morata.

Kiritildi: 19:20, 13.09.2026.
O'qildi: 1300 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик