Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Valensiya"ni qutqarish missiyasi Konseysauga topshirilishi mumkin

"Valensiya"ni qutqarish missiyasi Konseysauga topshirilishi mumkin

Baho:
+ | -

Portugaliyalik mutaxassis Serjiu Konseysau "Valensiya" bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Avvalroq klub rahbariyati Karlos Korberanni iste’foga chiqarishga qaror qilgan edi. Uning qo‘l ostida "Valensiya" yangi mavsumdagi 5 ta o‘yinda bor-yo‘g‘i 1 ochko to‘pladi.

La Voz del Murcielago ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda Konseysau "ko‘rshapalaklar"ni murakkab vaziyatdan olib chiqishi mumkin bo‘lgan asosiy mutaxassis sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik murabbiy avval Italiyaning "Milan" klubida ishlagan. U 2025 yil o‘rtalarida klubni tark etganidan keyin boshqa jamoada ish boshlamagan.

"Valensiya" keyingi turda "Alaves"ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 09:42, 14.09.2026.
O'qildi: 542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик