«Shtutgart» hujumchisi Ermedin Demirovich faoliyatini Germaniya Bundesligasidan Italiya A Seriyasiga ko‘chirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli bosniyalik forvardni «Milan» o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. «Rossoneri» Demirovichni yanvar oyidagi transferlar oynasida xarid qilishni rejalashtirmoqda.
«Shtutgart» esa hujumchining transferidan kamida 35 million yevro ishlab olishni istamoqda.
Joriy mavsum Germaniya chempionatida Demirovich 3 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Futbolchining «Shtutgart» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.














