«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaning zich o‘yinlar taqvimi sabab matbuot anjumanlari soni haqida hazil qildi.
Ertaga, 15 sentyabr kuni «Real» La Liganing 6-turi doirasida safarda «Elche»ga qarshi o‘ynaydi.
— Haftasiga ikkita o‘yin o‘tkazishga qanday moslashyapsiz?
— Bir haftada oltita matbuot anjumani. Boshqa mamlakatlarda menga bittasini o‘tkazib yuborishga ruxsat berishardi, bugun yoki ertaga o‘yindan keyin bu yerga kelmaslikka ruxsat berishardi. Men sizlarning barchangizdan charchadim, sizlar ham mendan charchadingiz, ammo biz bu yerdamiz, chunki bu bizning ishimiz.
Futbolchilar ham o‘sha-o‘sha. Ular charchagan, ammo davom etish kerak. «Elche» ham biz kabi shanba kuni o‘ynagan. Biz o‘z maqsadimizga erishyapmiz.
Agar kelasi hafta oltita matbuot anjumanidan bittasini o‘tkazib yuborish mumkinligini aytsangiz, men biror narsa yegulik olib kelaman, — dedi Mourinyo.













