Xalqaro ayol tennischilar assosiasiyasi (WTA) yangi haftalik reytingini e’lon qildi.
Ikki haftalik AQSH ochiq chempionatidan so‘ng yangilangan reytingda O‘zbekistonning birinchi raqamli ayol tennischisi o‘zgardi. US Open musobaqasida Kamilla Rahimovaga bo‘shatib berdi.
Kamilla US Open turnirining 1/16 final bosqichiga yetib borganidan so‘ng o‘n olti pog‘onaga yuqorilab, 76-o‘ringa joylashdi. Mariya Timofeeva esa, aksincha, 1 pog‘onaga pastlab, 87-o‘ringa tushib qoldi. Timofeeva AQSH ochiq chempionatida 1/32 finalda o‘z ishtirokini yakunladi. Uchinchi raqamli ayol tennischi Polina Kudermetova ayni paytda reytingning 103-pog‘onasini egallab turibdi.
To‘rtinchi raqamli o‘zbekistonlik tennischi Laima Vladson 12 va Sevil Yuldasheva 1 pog‘ona ko‘tarildi. Milana Maslenkova 81, Vlada Yakshibarova esa 43 pog‘ona pastladi. Darya Shubina o‘tgan haftadagi o‘rnidan 59-pog‘ona yuqoriladi.
O‘zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o‘rni:
76 (92). Kamilla Rahimova — 912 ochko
87 (86). Mariya Timofeeva — 873 ochko
103 (97). Polina Kudermetova — 728 ochko
570 (582). Laima Vladson — 84 ochko
964 (965). Sevil Yuldasheva — 26 ochko
1238 (1157). Milana Maslenkova — 10 ochko
1460 (1417). Vlada Yakshibarova — 4 ochko
1467 (1526). Darya Shubina — 4 ochko.
Dunyo tennischilarining top-10 reytingida o‘zgarishlar yuz berdi. 2024-yildan buyon Jahonning birinchi raqamli tennischisi maqomida bo‘lgan Arina Sabalenka o‘z o‘rnini US Open turnirida g‘olib bo‘lgan qozog‘istonlik Yelena Ribakinaga bo‘shatib berdi. Shuningdek, ukrainalik raketka ustasi Elina Svitolina 2 pog‘ona yuqorilab, 6-o‘rindan joy oldi.
WTA reytingi. 14-sentyabr holatiga ko‘ra:
(2) Yelena Ribakina (Qozog‘iston) — 9901 ochko
(1) Arina Sabalenka (Belarus) — 7875 ochko
(3) Jessika Pegula (AQSH) — 7265 ochko
(4) Koko Goff (AQSH) — 7244 ochko
(5) Mirra Andreeva (Rossiya) — 5743 ochko
(6) Linda Noskova (Chexiya) — 5328 ochko
(9) Elina Svitolina (Ukraina) — 4809 ochko
(7) Karolina Muxova (Chexiya) — 4683 ochko
(8) Iga Shvyontek (Polsha) — 4619 ochko
(11) Marta Kostyuk (Ukraina) — 3980 ochko.
Ma’lumot uchun, AQSH ochiq chempionatida Mariya Timofeeva 1/64 finalida belgiyalik Elise Mertensga 2:6, 6:7 hisobida imkoniyatni bergan bo‘lsa, Kamilla Rahimova 1/32 finalida dunyoning ikkinchi raqamli raketka ustasi, belaruslik Arina Sabalenkaga 3:6, 4:6 hisobida mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etishgan edi.













