Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi Niko Kovach «Manchester Yunayted»dan ketganidan so‘ng erkin agent maqomida bo‘lgan vinger Jeydon Sanchoni jamoaga olish imkoniyatini istisno qildi. Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, klub tarkibi to‘liq shakllangan va hujum chizig‘ini kuchaytirishga ehtiyoj yo‘q.
«Biz transferlar bo‘yicha juda yaxshi ishladik va tarkibimiz yaxshi shakllangan. Yannis Konstantelias jarohat olganidan so‘ng chora ko‘rishimizga to‘g‘ri keldi, ammo Itan Nvanerini transfer qilib, bu masalani juda yaxshi hal qildik. Tarkibimiz allaqachon juda katta — bizda 26 nafar maydon futbolchisi bor, ularning ko‘pchiligi yosh. Shuning uchun bu bilan shug‘ullanishimizga hojat yo‘q», — dedi Kovach.
Sancho 2017 yildan 2021 yilgacha «Borussiya» safida o‘ynagan. U jamoa tarkibida 158 ta o‘yin o‘tkazib, 53 ta gol urgan va 67 ta golli uzatma amalga oshirgan. Keyinchalik 85 million yevro evaziga «Manchester Yunayted»ga o‘tgan.
2024 yilda u ijara asosida Dortmundga qaytgan edi. Endi futbolchining klubga uchinchi bor qaytishi istisno qilindi. Avvalroq «Konstantelias» jarohatidan so‘ng «Borussiya» Sanchoni qaytarish variantini ko‘rib chiqayotgani xabar qilingan edi.













