Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Bavariya» Sherki haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

«Bavariya» Sherki haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki qishki transferlar oynasida Myunxenning «Bavariya» klubiga o‘tmaydi. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Bavariya» qishda Sherkini transfer qilishdan manfaatdor emas. OAVda tarqalgan mish-mishlarga qaramay, fransuz futbolchisi hatto nemis grandining transfer ro‘yxatida ham bo‘lmagan. Bu ma’lumotni «Bavariya» sport direktori Maks Eberl jurnalistga taqdim etgan.

Falkning ta’kidlashicha, «Bavariya» umuman yanvar oyida katta transferlarni amalga oshirishni odat qilmagan. Bu rejalarga faqat jamoa yetakchilaridan biri jiddiy jarohat olgan taqdirdagina o‘zgarish kiritilishi mumkin.

Joriy mavsumda Sherki barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:14, 14.09.2026.
O'qildi: 1022 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик