«Barselona» chap qanot himoyachisi Jerar Martin bo‘yicha rejaga ega. Goal portali Mundo Deportivo nashriga tayanib xabar berishicha, kataloniyaliklar Martin bilan shartnomani uzaytirib, uning tovon puli miqdorini 100 million yevrogacha oshirishni rejalashtirmoqda.
Xans-Diter Flik 24 yoshli Martinning imkoniyatlariga ishonmoqda. Shartnoma uzaytirilganidan so‘ng futbolchining maoshi ham oshiriladi.
Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar dastlabki kelishuvga erishgan, ammo shartnoma bo‘yicha rasmiy muzokaralar hali boshlanmagan.
Jerar Martin «Barselona» safida 97 ta uchrashuv o‘tkazib, 1 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













