16 sentyabr kuni Yaponiyaning Ayti-Nagoya shahrida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlari futbol musobaqasi doirasida Xitoy va Shimoliy Koreya terma jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Mazkur bahsda o‘zbekistonlik hakamlar ham faoliyat olib boradi. Firdavs Norsafarov — zaxira hakami, Ruslan Serazitdinov esa qanot hakami sifatida hakamlar brigadasi tarkibidan joy olgan.













