Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta jamoaning 19 yoshli vingeri Lamin Yamal «Oltin to‘p»ga loyiq ekanini aytdi.
«Yamal bu yil “Oltin to‘p”ni olsa, xursand bo‘laman. Menimcha, u bunga munosib», — deya «Barselona» prezidentining so‘zlarini insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Lamin «Barselona» bilan birga Ispaniya chempioni bo‘ldi, shuningdek, terma jamoasi bilan 2026 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
Joriy mavsumda yulduz yarim himoyachi La Ligada beshta uchrashuvda ishtirok etdi. Yamal o‘z hisobiga oltita gol yozdirib qo‘ydi, ulardan biri penaltidan urilgan.
«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













