«Barselona» vingeri Entoni Gordon jamoaning hujum chizig‘idagi turli variantlari haqida fikr bildirdi.
«Fermin va Dani Olmo ikkalasi ham “o‘nlik” pozisiyasida o‘ynay oladi, ammo ularning sifatlari mutlaqo boshqacha. Lamin istalgan futbolchini aldab o‘ta oladi, Rafinya o‘z uslubini olib kiradi, Karim bilan esa biz boshqa variantlarni taklif qilamiz. Shuningdek, bizda istalgan himoyani yorib o‘ta oladigan yarim himoyachilar ham bor», — deya Gordonning so‘zlarini keltiradi Barça Universal.
Besh turdan so‘ng «Barselona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va barcha beshta uchrashuvda g‘alaba qozondi. Kataloniyaliklar hisobida 21 ta urilgan gol va atigi 4 ta o‘tkazib yuborilgan gol bor. Har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha ham «ko‘k-anorranglilar» La Ligada eng yaxshi natija qayd etgan.













