«Liverpul» yoshlar jamoasida o‘ynaydigan himoyachi Lyuk Chembers faoliyatini Shotlandiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan «Seltik» manfaatdor. Hozircha transfer ijara asosida bo‘ladimi yoki to‘liq sotib olish shaklida amalga oshiriladimi, noma’lum.
Transfermarkt ekspertlari Chembersning bozor qiymatini 1 million yevroga baholamoqda. Himoyachining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Premyer-liganing to‘rt turidan so‘ng «Liverpul» 6 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.













