Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

De Zerbi: «Tottenxem» futbolchilari zarbalar ustida ishlash uchun mashg‘ulotdan keyin ham qolishmoqda»

De Zerbi: «Tottenxem» futbolchilari zarbalar ustida ishlash uchun mashg‘ulotdan keyin ham qolishmoqda»

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Roberto De Zerbi futbolchilar mashg‘ulotlardan keyin qo‘shimcha zarbalar ustida ishlash uchun qolishlarini aytdi.

«Futbolchilar tobora ko‘proq ishlashni xohlashmoqda. Men ulardan qolishni so‘ramayapman, buni o‘zlari xohlashyapti. Ular rivojlanishni istashyapti. Jamoa o‘yinlarda g‘alaba qozona olmayotganimizni va gol ura olmayotganimizni tushunib turibdi», — deya De Zerbining so‘zlarini Telegraph keltirmoqda.

Premyer-liganing to‘rt turidan so‘ng «Tottenxem» atigi 2 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda. «Shporlar» hozirgacha chempionatda birorta ham gol urmagan, o‘z darvozasidan esa 5 ta gol o‘tkazib yuborgan. Eng so‘nggi o‘rinda borayotgan «Koventri» ham hozircha gol urgani yo‘q va uning hisobida 0 ochko bor.

Kiritildi: 15:27, 15.09.2026.
O'qildi: 658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик