«Tottenxem»ga tegishli braziliyalik hujumchi Risharlison yozgi transferlar oynasida faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta variantga ega bo‘lgan.
Insayder Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, 29 yoshli forvardga «Everton», «Trabzonspor» va «Vasko da Gama» klublari qiziqish bildirgan.
Manbaga ko‘ra, Risharlisonning Braziliya klubiga o‘tishi «Tottenxem»da ijara shartnomalari bo‘yicha belgilangan limit sabab amalga oshmagan.
Braziliyalik futbolchining londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Risharlisonning transfer qiymati 25 million yevro atrofida baholanmoqda.













