Dortmundning «Borussiya» klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek yana Madridning «Real» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda BILD nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga jami oltita klub qiziqish bildirmoqda. Ular qatorida «Real» ham bor.
Shlotterbekning «Borussiya» bilan amaldagi shartnomasida 60 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan. Bu esa unga qiziqish bildirayotgan klublar uchun transferni amalga oshirish jarayonini nisbatan yengillashtirishi mumkin.
Joriy mavsumda germaniyalik himoyachi Bundesligada faqat bitta o‘yinda maydonga tushdi. U mavsum boshidagi uchrashuvlarni jarohat sabab o‘tkazib yuborgan.
Shlotterbekning «Borussiya» bilan shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar amal qiladi.













