«Inter» yarim himoyachisi Hakan Chalhano‘g‘lining «Udineze»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaganiga sabab ma’lum bo‘ldi.
Milan klubi Italiya A Seriyasi doirasidagi uy uchrashuvida «Udineze» ustidan 5:3 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Turkiyalik yarim himoyachi esa ushbu bahsni o‘tkazib yubordi.
Insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, Chalhano‘g‘li mushak jarohati sabab maydonga tushmagan. Futbolchi yaqin kunlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng uning jarohati qay darajada jiddiy ekani aniq bo‘ladi.
32 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda Italiya chempionatida 3 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi.
Ayni paytda «Inter» 12 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.













