Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Kin: "Jamoa yaxshi himoyalangani uchun jazolandi"

Kin: "Jamoa yaxshi himoyalangani uchun jazolandi"

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Roy Kin «Manchester Siti»ga qarshi derbida Erling Xolandning goli bilan yakunlangan bahsli vaziyat haqida fikr bildirdi.

Yakshanba kuni «Man Siti» «Old Trafford»da «MYU»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda hakam Maykl Oliver dastlab Enso Fernandesning ofsaydda qolgani sabab Xolandning golini bekor qildi. Biroq VAR tavsiyasidan so‘ng qarorini o‘zgartirdi. Keyinchalik APL hakamlar komissiyasi «shaharliklar» yarim himoyachisi ofsaydda turgan holda vaziyatga ta’sir ko‘rsatganini tan oldi.

«Fernandes o‘yinga xalaqit berdi. Aslida, “Yunayted” yaxshi himoya chizig‘ini saqlagani uchun jazolandi. Bunday pozisiyada turgan futbolchi o‘yin jarayoniga ta’sir qiladi. U jarima maydoni markazida bo‘lib, to‘pni qabul qiladi.

“Yunayted” himoya chizig‘ini yaxshi saqlagan. Fernandes esa ofsaydda turib to‘pni qabul qildi. Shu bois jamoa yaxshi himoyalangani uchun jazolandi», — dedi Kin.

Kiritildi: 17:00, 15.09.2026.
O'qildi: 780 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик