Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Flik: «Bu «Barselona» uchun eng yaxshi vaziyat emas»

Flik: «Bu «Barselona» uchun eng yaxshi vaziyat emas»

Baho:
+ | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik yaqinlashayotgan xalqaro tanaffus haqida fikr bildirdi.

Bu yil terma jamoalar o‘yinlari uchun tanaffus uch haftadan ortiq davom etadi. Bunga FIFA sentyabr va oktyabr oylaridagi xalqaro tanaffuslarni birlashtirishga qaror qilgani sabab bo‘lgan.

«Men bu vaziyatni hech qanday tarzda o‘zgartira olmayman. Klub uchun bu eng yaxshi holat emas, ammo biz vaziyatni qabul qilishimiz va milliy terma jamoalarni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Qo‘limizdan keladigan yagona ish shu», — dedi Flik matbuot anjumanida.

Xalqaro tanaffusga qadar «Barselona» La Ligada yana ikki uchrashuv o‘tkazadi. Kataloniyaliklar 16 sentyabr kuni «Rasing», 19 sentyabrda esa «Sevilya»ga qarshi maydonga tushadi.

Shundan so‘ng «Barselona» navbatdagi o‘yinini faqat 10 oktyabr kuni o‘tkazadi.

Kiritildi: 17:17, 15.09.2026.
O'qildi: 1007 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик