"Real" himoyachisi Eder Militao jarohatidan keyin tiklanishning so‘nggi bosqichiga kirdi. Bu haqda OkDiario nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Madrid klubi braziliyalik futbolchini safga qaytarish masalasida shoshilmoqchi emas va uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq hech qanday tavakkalga qo‘l urmaslikni rejalashtirgan.
Shunga qaramay, "Real" murabbiylar shtabi Militao kelasi oy davomida maydonga qaytishi mumkinligiga umid qilmoqda.
Himoyachining tiklanish jarayoni reja asosida davom etmoqda va uning aniq qaytish sanasi futbolchining yaqin haftalardagi holatiga qarab belgilanadi.













