Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Morata "Real"ni nega tark etganini aytdi

Morata "Real"ni nega tark etganini aytdi

Baho:
+ | -

Ispaniyalik hujumchi Alvaro Morata "Real Madrid"ni tark etish qarori va faoliyatidagi yagona armoni haqida gapirdi.

"U yerda ajoyib mavsum o‘tkazdim, ammo barcha muhim o‘yinlarda zaxirada qolardim. Shu sababli "Real Madrid"ni tark etishga qaror qilganman", — dedi Morata.

Futbolchi faoliyatidagi yagona armoni "Bavariya"da o‘ynamagani ekanini ham aytdi.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli Morata "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "qirollik klubi" asosiy jamoasida 2010–2014 va 2016/17 yillarda to‘p tepib, jami 63 ta o‘yinda 25 ta gol urgan. U "Real" bilan ikki marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Hozirda Morata "Leganes" klubida harakat qilmoqda. U faoliyati davomida "Yuventus", "Chelsi", "Atletiko Madrid", "Milan" kabi klublarda ham o‘ynagan.

Kiritildi: 18:31, 15.09.2026.
O'qildi: 1657 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик