Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Klopp Germaniya terma jamoasiga Baumanni chaqirmaydi

Klopp Germaniya terma jamoasiga Baumanni chaqirmaydi

Baho:
+ | -

«Xoffenxaym» darvozaboni Oliver Baumann Germaniya terma jamoasining Millatlar ligasidagi yaqin o‘yinlari uchun tarkibiga chaqirilmaydi. Bu haqda BILD xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Germaniyaning yangi bosh murabbiyi Yurgen Klopp 34 yoshli golkiperni qaydnomaga kiritmaslikka qaror qilgan.

Baumann yaqinda Klopp bilan muloqot qilganini tasdiqlagan, ammo terma jamoaga chaqirilishi yoki chaqirilmasligi haqida ma’lumot berishdan bosh tortgan edi.

«Ha, u bilan gaplashdim. Qolganini payshanba kuni uning o‘zi aytadi», — degan Baumann.

Shu tariqa, Baumann avvalgi bosh murabbiy Yulian Nagelsmann davrida Germaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni bo‘lganiga qaramay, bu safar tarkibdan chetda qoladi. U uzoq vaqt davomida birinchi raqam maqomida bo‘lgan, ammo jahon chempionati arafasida Manuel Noyerga o‘rnini boy bergan edi.

BILD ma’lumotiga ko‘ra, Klopp darvozabonlar iyerarxiyasini yangidan shakllantirishga tayyor. Ayni paytda «Ayaks» golkiperi Mark-Andre ter Shtegen asosiy darvozabon sifatida ko‘rilmoqda. Yonas Urbig va Aleksandr Nyubel esa zaxiradagi o‘rinlar uchun asosiy nomzodlardan hisoblanadi.

Shuningdek, «Augsburg» darvozaboni Finn Damen ham kutilmagan holda terma jamoaga chaqirilishi mumkin.

Klopp avvalroq «Xoffenxaym» bosh murabbiyi Kristian Ilser bilan ham muloqot qilgan. Ilserning aytishicha, Germaniyaning yangi bosh murabbiyi futbolchilar va klublar haqida yaxshiroq ma’lumot olish uchun jamoa murabbiylari bilan faol aloqa o‘rnatmoqda.

«U haqiqiy muloqot bo‘lishi va tomonlar bir-birini yaxshiroq tanishiga katta e’tibor qaratyapti», — dedi Ilser.

«Ehtimol, «Xoffenxaym»da «Shtutgart» yoki «Bavariya»dagi kabi terma jamoaga aniq nomzodlar ko‘p emasdir. Shunga qaramay, u barcha klub murabbiylari bilan faol ravishda aloqa o‘rnatmoqda», — deya qo‘shimcha qildi u.

Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk tarkibini payshanba kuni rasman e’lon qiladi.

Kiritildi: 18:34, 15.09.2026.
O'qildi: 1141 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик